
1. Buni o'rganish zarur(mi)?
Endi bu zarurat(mi)
2015-2016 yillari Kompyuter va Ingliz tilini bilish odamlar uchun o'z tengdosh yoki hamkasblari orasida katta ustunlik xisoblanar edi. Sababi, u vaqtlarda kam odam Ingliz tilini bilar va Kompyuterdan to'g'ri foydalana olar edi. Bunday odamlar boshqalarga nisbatan yaxshiroq va daromadi yuqoriroq ishlarga kira olar edilar. Qisqa qilib aytganda, Ingliz Tili va Kompyuterni bilish o'sha vaqtlarda “Ustunlik” edi.
Xo'sh, bu hali ham shundaymi ?
2015-2016 yillarda O'zbekistonda rasman qonuniy O'quv Markazlar soni 100-200 ni orasida bo'lgan (norasmiylarini esa aniq soni noma'lum). 2024 yilgi statistikaga qaraganda bu raqamlar 22,297 taga yetgan, ya'ni 11,048 % ga oshgan, o'quvchilar soni esa 353,000 taga yetgan. Bu nimani anglatadi ?
Bu degani Ingliz Tili va Kompyuterni bilishlik endi yuqori darajada "ustunlik" bermaydi, balki “zarurat”ga aylanib boradi. Zamon biz tassavur qilayotganimizdanda tezroq rivojlanib borayabti. Xodimlarga qo'yiladigan talablar ham shunga yarasha o'smoqda.
Misol: Bir tashkilotda 1ta yangi ish o'rni ochildi. Ularni qo'ygan asosiy talablari Ingliz Tili va Kompyuterni bilishlik. Ushbu yangi ish o'rniga hujjat topshirmoqchi bo'lganlarning avval (2015-2016 yillarda) 10 tadan 1 tasi Ingliz Tili va Kompyuterni bilgan bo'lsa, hozrgi kunda (2025 yili) 10 tadan, deyarli, 5 tasida bunday ko'nikmalar mavjud. Raqobat kuchayib bormoqda.
Yechim nimada ?
Har qanday muammoning yechimi bo'lgani kabi, bunday kuchli raqobatda ham yutib chiqish yo'llari mavjud. Faqat biz mehnat qilish va izlanishdan to'xtamasligimiz va o'zimizning ustimizda doimiy tarzda ishlashimiz “zarur”. Yoshlar endi Ingliz Tili va Kompyuterni o'rganishga “ko'pchilikdan ustun bo'laman” deb emas, balki “zarurat” deb qarashlari lozim, chunki har qanday o'zgarish, hoh u yaxshi tarafga bo'lsin yoki yomon tarafga, fikrlashimizdan boshlanadi. Dunyoqarash fikrlashga, fikrlash harakatga, harakatlar esa natijalarga ta'sir qiladi.
Farzand tarbiya qilayotgan va ularning kelajagi uchun qayg'urayotgan ota-onalar ham xudda shunday fikrlashlari lozim. Farzandingiz kelajakda o'z sohasida muvaffaqiyatga erishishi va qiyinchiliklarsiz yashashi uchun, ularga albatta Ingliz Tili va Kompyuterni o'rgating. Kelajakda kim bo'lishidan qat'iy nazar, bu ikkala ko'nikma farzandingizga yoki kerak bo'ladi, yoki, eng kamida, unga foydasi tegadi.
Xulosa
Kelajakda muvaffaqiyatga erishish va qiyinchiliklarni kamaytirish uchun Zamon bilan birgalikda rivojlanishimiz va unga o'z qadriyatlarimizga teskari bo'lmagan holda moslashishimiz kerak.